Toshkentda yana bir shaxs jinoyatda gumonlanib ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston bo‘ylab davom etayotgan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida poytaxt Toshkentda “Buzruk” nomi bilan tanilgan Buzruk Akmalovich Buzrukov qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

“Toshkent shahar IIBB tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Shular jumlasidan, 1985 yilda tug‘ilgan Buzruk Akmalovich Buzrukov”, deyiladi IIBB xabarida. 

Qayd etilishicha, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik) bilan ayblanmoqda. 

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deydi IIBB.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Buzruk Buzrukov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing