Toshkentda 2 nafar IIBB xodimi pora bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ikki nafar tezkor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili va Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasining yana bir katta tezkor vakili kelishgan holda shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan. 

Ular Olmazor tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 3 gramm “gashish” topilgani holati yuzasidan uni jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga 2200 AQSH dollari so‘ragan. Shuningdek, avvalroq gumondordan 1000 AQSH dollari olgan.

Tezkor vakil qolgan 1200 AQSH dollarini xizmat xonasida olayotgan vaqtida DXXning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan. Ikkinchi xodim ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Har ikkala xodimga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimi deb tanishtirib, muammoni hal qilib berish evaziga fuqarodan 30 ming dollar talab qilgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB DXX Toshkent shahar jinoyat ishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing