“Buzruk”ga ham sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

O‘tgan yil oxirida Toshkentda “Buzruk” nomi bilan tanilgan Buzruk Akmalovich Buzrukov qo‘lga olingandi.  Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida ko‘rib chiqildi va “Buzruk”ga nisbatan 13 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Buzruk Akmalovich Buzrukov Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “a” bandi, 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli, deb topilgan.

Sudlanuvchi Buzruk Buzrukov esa jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining unga nisbatan chiqarilgan hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati bergan. Shunga asosan 8 avgust kuniga Buzrukovga oid jinoyat ishini Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rish tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan "Salimboyvachcha" nomi bilan mashhur Salim Abduvaliyev 6 yilga, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi hukmi bilan “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga, “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20 yilga, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining hukmi bilan Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

sud Buzruk Buzrukov Buzruk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing