“Buyuk kelajak” eksperti koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
08 avgust 2020
14517“Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti eksperti Sanjar Jalolov vafot etdi. Bu haqda tashkilot ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgan.
Sanjar Jalolov joriy yilning 4 avgust kuni 58 yoshida vafot etgan.
Sanjar Jalolov “Buyuk kelajak”ning Muvofiqlashtirish kengashi a’zosi, Toronto universitetidv sog‘liqni saqlash texnologiyalarini baholash va ularning byudjetga ta’sirini tahlil qilish sohasida maslahatchi, iqtisodiyot fanlari doktori bo‘lgan.
Sanjar Jalolov “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashining eng faol a’zolaridan biri edi. U O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqishda ham ishtirok etgan.
Bundan tashqari, iqtisodiyot fanlari doktori Sanjar Jalolov qator xalqaro loyihalarda ham menejer sifatida ishtirok etgan.
LiveBarchasi