Britaniyaning “tarixiy mamlakatlari” Rojdestvo uchun sammit o‘tkazishi mumkin

Olam

image
Buyuk Britaniyada Rojdestvoni har yildagidek, katta bayram shaklida o‘tkazishni xohlashmoqda. Bu haqda "Daily Mail" xabar bergan.
 
Britaniya Liberal-demokratik partiyasi bu borada Bosh vazir Boris Jonsonning harakat qilishini xohlayapti. Partiya koronavirusga qarshi kurash qoidalarini aniqlab olish uchun to‘rt tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qilmoqda. 
 
Partiya fikriga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning to‘rtta "tarixiy mamlakatlari" (Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya) vakillari ishtirokida sammit o‘tkazish zarur. Sammitning maqsadi mamlakatning barcha mintaqalarida yagona qoidalarni shakllantirish bo‘lishi kerak.
 
"Biz to‘rt mamlakat Hukumatlarining birlashishini istaymiz. Rojdestvo bayramini odatdagidek nishonlash uchun chora-tadbirlarni rejalashtirishni xohlaymiz. Agar shunday qilinsa, ehtimol, Rojdestvo bekor qilinmaydi", degan harakat rahbari Ed Deyvi.
 
Ma’lumot uchun, Birlashgan Qirollikda koronavirusga chalinganlar 942 mingdan oshgan. 45 mingdan ko‘p odam vafot etgan. 
 
Dunyoda 44 milliondan ortiq holat aniqlangan. 1 milliondan ko‘p odam virus qurboni bo‘lgan.

Maqola muallifi

Teglar

Rojdestvo

Baholaganlar

10

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing