Ukrainada bayram sulhi. Rossiya bunga ko‘nadimi?

Olam

image

Ukrainaning Rojdestvo bayrami munosabati bilan taklif etgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi tinchlik kelishuviga erishilishiga bog‘liq. Bu haqda bugun, 16 dekabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 15 dekabr kuni Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini, ayniqsa Rojdestvo davrida energetik infratuzilmaga zarbalarni to‘xtatish masalasini qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi.

“Endi masala, AQSH Prezidenti Donald Tramp aytganidek, biz kelishuvga yeta olish yoki yo‘qligimizda”, deya bu g‘oyaga izoh bergan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskovning ta’kidlashicha, agar Ukraina barqaror va uzoq muddatli yechim o‘rniga “qisqa muddatli, hayotga layoqatsiz qarorlar”ga e’tibor qaratsa, Rossiya bunday o‘t ochishni to‘xtatishda ishtirok etishi ehtimoli kam.

“Biz tinchlik istaymiz. Ukrainaning nafas rostlab olishi va urushni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rishi uchun vaqtinchalik tanaffusni xohlamaymiz. Biz bu urushni to‘xtatishni, o‘z maqsadlarimizga erishishni, manfaatlarimizni himoya qilishni va kelajakda Yevropada tinchlikni kafolatlashni istaymiz. Biz istagan narsa shu”, dedi Peskov jurnalistlarga.

Shuningdek, Peskov Moskva hali AQSH va Yevropa rasmiylari Vashington tomonidan taklif etilgani aytilgan NATO uslubidagi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha aniq takliflar tafsilotlarini olmaganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 dekabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Berlinda AQSH delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi doirasida hududlarni bo‘lish masalasida Kiyev va Vashingtonning pozitsiyalari hozircha farq qilayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Dmitriy Peskov Rojdestvo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing