Buyuk Britaniyada Tereza Meyning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lganlar ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasi lideri va qirollik hukumati rahbari lavozimlari uchun 10 nomzod kurash olib boradi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar tarqatdi.

Nomzodlar orasida Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson, tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant, tabiiy resurslar vaziri Maykl Gouv, Brexit masalalari bo‘yicha sobiq vazir Dominik Raab kabi nomlar mavjud. 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi rahbari, Sog‘liqni saqlash vaziri, mehnat vaziri va xalqaro taraqqiyot vaziri ham ushbu kurashda qatnashadi.

Tajribali siyosatshunoslarning fikricha, asosiy yetakchilar Jonson, Xant, Raab va Gouv hisoblanadi.

Yangi bosh vazir uchun saylovlar jarayoni iyul oyining ikkinchi yarmida tugaydi. O‘sha vaqtga qadar Konservativ partiyaning yetakchisi sifatida iste’foga chiqqan Tereza Mey bosh vazir lavozimida qolaveradi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Bosh vazir Tereza Mey Brexit

Baholaganlar

30

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing