Buyuk Britaniya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
18 iyul 2023
3203Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani aytilgan edi.
Lavozimga boshqa bir Timoti – Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligida Sharqiy O‘rta yer dengizi departamenti boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Timoti Smart tayinlandi. Bu haqda Birlashgan Qirollik rasmiy sahifasida xabar berilgan.
Rasmiy manbaga ko‘ra, Timoti Smart joriy yilning avgust oyidan boshlab yangi lavozimiga kirishadi.
Ma’lumot uchun, Timoti Smart 1999 yildan boshlab Buyuk Britaniya Tashqi ishlar hamda hamdo‘stlik vazirligida faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan oldin u Isroil, Iroq, Solomon orollari, Fiji va Madagaskarda xizmat qilgan.
LiveBarchasi