Buyuk Britaniya ham HAMAS a’zolariga qarshi sanksiya qo‘lladi
Olam
−
23 yanvar
2930Buyuk Britaniya hukumati Falastinning HAMAS harakati va “Islomiy jihod” guruhiga aloqador besh shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, cheklov choralari Buyuk Britaniyaga kirishni taqiqlash, aktivlar topilsa, ularni muzlatish va qurol embargosini o‘z ichiga oladi.
HAMAS jangchilari Hasan al-Vardiyan, Ismoil Barhum, Ahmad Oda va Zuhayr Shamla, shuningdek, “Islomiy jihod” a’zosi Jamil Alyan qora ro‘yxatga kiritilgan.
Bundan tashqari, HAMASga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi “Al Mutahadun for Exchange” kompaniyasiga nisbatan ham jazo choralari qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida AQSH HAMASga aloqador shaxs va tashkilotlarga sanksiya kiritgan edi.
LiveBarchasi