Buuum! Chempionlar ligasida ekstra-taymlar bekor qilinishi mumkin
Sport
−
07 fevral 2025 2631 1 daqiqa
UEFA rahbariyati Chempionlar ligasi pley-off bosqichida qo‘shimcha vaqtlarni bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, UEFA rasmiylari asosiy vaqtda durang qayd etilsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri penaltilar seriyasiga o‘tish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Biroq 2027 yilgacha imzolangan translyatsiya siklida o‘zgarishlar bo‘lishi haqida so‘z ochilmagan.
Ba’zi futbol uyushmalari qo‘shimcha vaqtni bekor qilish uchun takliflarini berdi. Qayd etilishicha, ekstra-taymlarning yo‘q qilinishi taqvimni ancha yengillashtiradi. Pley-offning javob uchrashuvlarida qo‘shimcha 30 daqiqani olib tashlash bilan bir qancha muammolarni bartaraf etishga yordam berishi mumkin.
UEFA masalasi bo‘yicha rasmiy izoh bilan chiqdi.
“Hozircha, muhokamalar norasmiy tarzda kechgan va hech qanday rasmiy takliflar kiritilmagan. Har qanday o‘zgarishlar UEFA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak”, deyiladi izohda.
Ma’lumot o‘rnida, oxirgi marta yevrokuboklar reglamentiga 2021 yilda o‘zgartirishlar kiritilgan. O‘shanda safarda kiritilgan gol tizimi bekor qilingan edi.
Live
Barchasi