Butun Suriya bo‘ylab internet o‘chirildi 

Olam

image

Suriya bo‘ylab keng ko‘lamli internet uzilishi qayd etildi. Bu haqda NetBlocks xalqaro internet-monitoring xizmati xabar berdi.

“Real vaqt rejimidagi tarmoq ma’lumotlari butun mamlakat bo‘ylab internetning o‘chirilishini ko‘rsatadi, bu esa bir qancha shaharlarga ta’sir ko‘rsatgan telekommunikatsiya uzilishlari haqidagi xabarlarni tasdiqlaydi”, deyiladi NetBlocks bayonotida.

Hozircha rasmiylardan hech qanday izoh yo‘q. Katta miqyosdagi nosozlik nima sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmagan.

Suriyadagi vaziyat mart oyi boshida, sobiq prezident Bashar Asad mansub bo‘lgan alaviylar va yangi hukumat tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanganidan keyin yomonlashgan. Ular Latakiya, Tartus, Xama va Xoms viloyatlariga ta’sir ko‘rsatdi. To‘qnashuvlar qurbonlarining umumiy soni 1,3 mingdan oshdi.

Xavfsizlik kuchlarining reydlari 10 mart kuni yakunlandi. Suriya Mudofaa vazirligi vakili Hasan Abdel-G‘ani hukumat xavfsizlik kuchlari “Bashar Asadning ag‘darilgan tuzumi qoldiqlarini zararsizlantirishga” va vaziyatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lganini aytdi.

Avvalroq NetBlocks 2025 yil yanvarida Suriya bo‘ylab internetning ko‘p soatlik uzilishi haqida xabar bergan edi. O‘shanda Aloqa vazirligi yopilish sababi sifatida “Asad rejimi qoldiqlari tomonidan qilingan sabotaj”ni keltirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing