Butun dunyoda qurol-yarog‘ savdosi oshdi

Olam

image

2023 yilda dunyoning eng yirik 100 ta qurol ishlab chiqaruvchisi 632 milliard dollar ishlab topdi. Bu haqda Stockholm International Peace Research Institute e’lon qilgan statistikada keltirilgan.

Xisobotga ko‘ra, qurol savdosidan tushgan daromadlarning o‘sishi butun dunyoda kuzatilgan, ayniqsa Rossiya va Yaqin Sharq kompaniyalari orasida yuqori bo‘lgan. Ushbu sanoatdagi 100 ta yirik global kompaniyalarning qurol sotishidan tushgan umumiy daromadi 2022 yilda pasaygan, ammo 2023 yilda keskin oshib, 632 milliard dollarga yetgan. Bu esa bundan ikki yil oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 4,2 foizga ko‘p.

“2023 yilda qurol-yarog‘dan tushadigan daromadlar sezilarli darajada o‘sdi. Bu kelasi yillarda ham davom etishi mumkin. 100 ta eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ko‘proq odamlarni ishga qabul qilishni boshladi. Bu ularning kelajakdagi sotuvlari uchun optimizmni ko‘rsatadi”, deydi SIPRI dasturining harbiy xarajatlar va qurol ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotchisi Lorenso Skaratssato.

Shuningdek, kichik qurol ishlab chiqaruvchilar G‘azo sektori va Ukrainadagi urushlar, Sharqiy Osiyodagi nizolarning kuchayishi va boshqa mintaqalardagi harbiylarni qayta jihozlash dasturlari bilan bog‘liq yangi talablarga samaraliroq javob bergan.

Ochiq ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli, faqat ikkita Rossiya kompaniyasi top-100 ga kirgan, ammo ularning umumiy daromadi 40 foizga oshgan va taxminan 25,5 milliard dollarga yetgan. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lmagan, ammo ko‘plab turli xil qurol ishlab chiqaruvchilarni, shu jumladan dunyoning ilg‘or birinchi yuzta kompaniyasiga kirgan kompaniyani boshqaradigan davlat korporatsiyasidan tushgan daromadning 49 foizga o‘sishi bilan bog‘liq.

Ukraina kompaniyalaridan esa faqat “Ukroboronprom” davlat konserni daromadi 69 foizga oshgani bilan reytingga kirgan. 

AQSHda joylashgan 100 ta dunyodagi eng yaxshi qurol ishlab chiqaruvchilardan 41 ta kompaniya 317 milliard dollarlik daromadni qayd etgan. Bu top-100 firmalarning qurol sotishdan tushgan umumiy daromadining yarmi va bu 2022 yildagi ko‘rsatkichdan 2,5 foizga ko‘pdir. 2018 yildan beri sanoatning birinchi beshta kompaniyasi doimiy ravishda sof Amerika kompaniyasi hisoblanadi. Biroq Lockheed Martin va RTX Corporation (2023 yil iyun oyigacha Raytheon Technologies Corporation, dunyodagi eng yirik qurol konsernlari daromadlari pasayganlar qatoriga kirdi. 

Rossiyadan tashqari Yevropada joylashgan eng yaxshi 100 ta kompaniyaning 27 tasi qurol sotishdan tushgan umumiy daromad o‘tgan yili 133 milliard dollarni tashkil etgan. Bu 2022 yilga nisbatan atigi 0,2 foizga ko‘p va dunyodagi barcha mintaqalar orasida eng past o‘sish ko‘rsatkichidir. Osiyo va Okeaniyada joylashgan 23 ta eng yaxshi 100 ta kompaniya 5,7 foizga o‘sib, 136 milliard dollarni tashkil etgan. Janubiy Koreyada to‘rtta firma 39 foizga yetgan va Yaponiyaning beshta kompaniyasida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 35 foiz  va 10,0 milliardni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vertical Research Partners moliyaviy tadqiqot kompaniyasi dunyoning eng yirik mudofaa va aerokosmik korporatsiyalarining daromadlari 2026 yilga borib, buyurtmalar sezilarli darajada oshishi va geosiyosiy keskinlikning kuchayishi fonida rekord darajaga yetishini prognoz qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Stockholm International Peace Research Institute qurol-yarog' savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing