Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Rossiya armiyasining yo‘qotishlari 900 ming kishiga yetdi – razvedka

Olam

image

2022 yilda Ukrainaga boshlangan to‘liq hajmdagi bosqinidan buyon Rossiya armiyasi, Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ldirilgan va yaralanganlarni qo‘shib hisoblaganda qariyb 900 000 kishini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan hisobotida so‘z boradi.

Londonda berilgan baholarga ko‘ra, Rossiya armiyasida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar soni 200 000 dan 250 000 nafargacha bo‘lib, bu yo‘qotishlar Ikkinchi jahon urushidan beri Rossiya uchun eng yirik yo‘qotishlar hisoblanadi.

Hisobotga ko‘ra, Rossiya rahbariyati, jumladan Prezident Vladimir Putin urush maqsadlarini o‘z askarlari hayotidan ustun qo‘ymoqda. Hujjatda Kreml urushga aholining va elitaning qo‘llab-quvvatlashi pasaymaguncha hamda yo‘qotishlarni qoplash imkoniyati bo‘lar ekan, yuqori darajadagi talafotlarga ko‘nishga tayyor ekani ta’kidlangan. Ayniqsa, Rossiya hukumati qashshoq hududlardagi etnik ozchilik vakillari hayotiga kamroq e’tibor qaratayotgani, oqibatda asosan ana shu hududlardan kelgan askarlar safarbar qilinayotgani qayd etilgan.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil noyabr holatiga ko‘ra, Rossiya armiyasida jami halok bo‘lgan va jarohatlangan harbiylarning soni 615 000 kishini tashkil etgan, ulardan 115 000 nafari halok bo‘lgan, 500 000 nafari esa yaralangan. Britaniya Mudofaa vazirligi o‘sha paytda Rossiyaning umumiy yo‘qotishlarini 610 000 kishi deb baholagan bo‘lib, shundan 200 000 nafari halok bo‘lgan, 400 000 nafari esa jarohat olgan. 2024 yil iyun oyida Vladimir Putin Rossiya 27 oy ichida 135 000 kishini yo‘qotganini bildirgan.

Joriy yil fevral oyi oxirida BBC rus xizmati va “Mediazona” mustaqil ravishda urush boshlanganidan beri halok bo‘lgan 95 026 nafar rossiyalik askar va ofitserning shaxsini aniqlagandi. Faqatgina 24 yanvardan 21 fevralgacha bo‘lgan davrda ro‘yxat yana 5007 kishi bilan to‘ldirilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR harbiy tuzilmalari safida uch yil ichida 21 000-23 500 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati majburan safarbar etilgan. Jurnalistlar haqiqiy yo‘qotishlar 146 194 dan 211 169 nafargacha bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan, DXR va LXR harbiylari hisobga olinsa, bu ko‘rsatkich 167 194 dan 234 669 nafargacha yetishi mumkin.

Harbiy tahlilchi Yuriy Fyodorovning fevral oxiridagi hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya armiyasining qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlari urush boshlangan paytdagi shaxsiy tarkibining deyarli yarmiga yetgan. U Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) ma’lumotlariga tayanib, 2025 yil boshiga kelib Rossiya Qurolli kuchlarining 172 000 kishisi halok bo‘lgan, 611 000 kishisi esa yaralangan deb baholagan. Yaradorlarning 235 000 nafari qayta xizmatga qaytgan, ammo 376 000 nafari og‘ir jarohatlar olib, xizmatni davom ettira olmagan. Shu tariqa, Fyodorov Rossiya armiyasining qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarini 550 000 kishi deb baholagan, bu esa butun harbiy dengiz floti va havo kuchlarini ham o‘z ichiga olgan holda, Rossiya Qurolli kuchlari tarkibining qariyb yarmiga teng. https://qalampir.uz/news/ukraina-bilan-urushda-k-ariyb-400-ming-rossiyalik-askar-nogironga-aylandi-114396

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan yil davomida Ukrainadagi jangovar harakatlar oqibatida bedarak yo‘qolganlar soni ikki baravardan ko‘proq oshib, 50 ming kishiga yetgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Ukrainada bedarak yo‘qolganlarning qariyb 90 foizi harbiy xizmatchilar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya armiya Britaniya Pentagon razvedka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing