Rossiyada o‘zbekistonlik oshpazni do‘pposlab, mashinasini o‘g‘irlab ketishdi

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik oshpaz do‘pposlanib, uning avtomobili o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 17 mart kuni soat 20:00 lar atrofida Ximikov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Uch nafar noma’lum shaxs avtomobildan tushib, 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘llari va tayoq bilan do‘pposlagan, so‘ngra uning mashina kalitlarini olib, transport vositasini haydab ketgan.

Huquq-tartibot organlari dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, hodisa ish joyidagi mojaro tufayli sodir bo‘lgani taxmin qilmoqda. Hozirda jinoyatchilar qidirilmoqda va ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, hujum qilgan shaxslarning o‘zlari ham O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanida qurilish ishlari olib borilayotgan paytda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing