Bo‘stonliqdagi tog‘larda jarohat olgan ayol qutqarildi

Jamiyat

image

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Toshkent viloyati tog‘larida sayr vaqtida murakkab vaziyatga tushib qolgan ikki nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda vazirlikning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.

Hodisa Bo‘stonliq tumani “Xo‘jakent” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ikki nafar fuqaro tog‘li hududda sayr qilish vaqtida kutilmagan vaziyatga duch kelgan. Sayyohlardan biri — 70 yoshli ayol oyog‘idan jarohat olgan va shu sababli mustaqil harakatlana olmagan.

Mazkur holat haqida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining navbatchilik qismiga xabar berilgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatib, uni pastga olib tushgan hamda tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.

Shifokorlarning aytishicha, hozirda ayolning ahvoli yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan hojatxonaga tushib ketgan bolakay qutqarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq Xo'jakent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing