Bo‘stonliqdagi “margimush qabristoni” Toshkentga xavf solyaptimi?

Jamiyat

image

Kecha, 29 iyul kuni “Ozodlik radiosi”da  Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Yakkatut” MFYda joylashgan margimush saqlanayotgan maxsus ob’ektning hozirgi ahvoli haqida material e’lon qilindi. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ushbu materialda e’lon qilingan ma’lumotlarni rad etdi.

Agentlik ushbu ob’ekt doimiy nazoratga olingani hamda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilgan.

“Ijtimoiy tarmoq vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikdan bu kabi xabarlarga ishonmaslikni, ularni tarqatishdan oldin to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga aniqlik kiritishlarini so‘raymiz. Agentlik ochiq muloqotga har doim tayyor”, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, margimush ob’ektining atrof-muhit hamda aholiga salbiy ta’siriga chek qo‘yilgan. Hudud atrofi beton to‘siqli devorlar bilan o‘rab, konservatsiya qilingan hamda hudud bo‘ylab sim yog‘ochlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ob’ektning ustki qismiga toza inert tuproq yotqizilgan va devor qismiga yomg‘ir va oqova suvlarini hamda nam massani o‘tkazmaslik maqsadida burg‘ulash (teshish) ishlari amalga oshirilgan. 

“Hududda har chorakda rejaviy suv, tuproq namunalari olinib, nazorat monitoring tadbirlari o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Bo'stonliq Yakkatut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing