Bo‘stonliqdagi kanaldan yosh bolaning jasadi chiqdi (video)
3-sahifa
−
10:42 6117 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida 10 va 8 yoshli bolalar oqib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 2016 hamda 2018 yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan bola yashash uyining pastki qismidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanaliga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgani to‘g‘risida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari oqibatida g‘avvos-qutqaruvchilar tomonidan 21 iyun kuni suvdan bir nafar bolaning jasadi topilgan.
Ayni vaqtda ikkinchi bolani qidirib topish maqsadida g‘avvos-qutqaruvchilar tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyun kuni Toshkent viloyatidagi Bo‘zsuv kanalida oqib ketayotgan erkak qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolingandi.
Live
Barchasi