Bo‘stonliqda noqonuniy qurilgan ob’ektlarga qarshi reydlar boshlandi

Jamiyat

image

Chirchiq daryosi qirg‘oqlarining katta qismi bugungi kunda Chimyon-Chorvoq kurort zonasiga kiradi va u yerda noqonuniy qurilgan inshootlar ham talaygina. U yerdagi dala hovlilaridan ba’zilarining atrofi shaxsiy sohilga ega bo‘lish maqsadida to‘siqlar bilan berkitilgan. Bu esa qolgan fuqarolarning suvga chiqishiga to‘sqinlik qiladi.

Shu sababdan Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida” va “Suv va suvdan foydalanish” qonunlari asosida Bo‘stonliq turistik zonasida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shundan o‘tkazilgan reyd tadbirlaridan birida 39 ta korxona va 120 dan ortiq xonadon ko‘zdan kechirildi. Ularning barchasiga noqonuniy qurilmalarni olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi hamda tegishli tartibda tushuntirish xatlari olindi. Shu bilan birga, ma’muriy javobgarlikka tortilish bo‘yicha ogohlantirildi.

Suv yoqasida qonun-qoidalarga rioya qilmasdan qurilgan savdo rastalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ham boshqa joylarga ko‘chirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq Chorvoq

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing