Bo‘stonliqda avtobus pastlikka yonboshladi

Jamiyat

image

Kecha, 22 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida soat taxminan 15:30larda haydovchi U.A boshqaruvida bo‘lgan  Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan, ”EASY GO TRANS” MCHJga tegishli bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli avtobus hindistonlik 20 nafar sayyoh bilan “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 81-kilometrida yo‘lning o‘ng chetidagi avtotransportlar turargohida to‘xtagan. Avtobus salonidagilar birin-ketin pastga tushgan. Bo‘shab qolgan avtobusning uzatmalar qutisi to‘satdan neytral holatda turgan vaqtida, o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib ketgan. Natijada haydovchisiz harakatlangan avtobus 30-40 metrlar yurib, qatnov yo‘lining o‘ng tomonidagi pastlikka tushib to‘xtab qolgan. 

Avtobus 2016 yilda ishlab chiqarilgan, texnik soz holatda bo‘lgan. Toshkent shahar Transport Boshqarmasi tomonidan litsenziya varaqasi berilgan.
Ushbu holatda, hech kim tan jarohati olmagan avtobus texnik shikastlangan bo‘lib, qisqa muddatlarda avtobusni chiqarish choralari ko‘rilgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Avtobus Bo'stonliq

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing