Buryatiyada migrantlar uchun patent sezilarli qimmatlashadi
Olam
−
24 dekabr 2019
44442020 yilning 1 yanvaridan Rossiya Federatsiyasining Buryatiya Respublikasida chet ellik vizasi yo‘q mehnat muhojirlari uchun ishlashga ruxsat beruvchi patent narxi sezilarli oshiriladi.
2019 yilda patent 4876 rubl turgan bo‘lsa, kelasi yildan 6200 rublga ko‘tariladi. Bu haqda Buryatiya Iqtisodiyot vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, 4 yilda mehnat muhojirlariga patent berish ortidan Buryatiya byudjeti daromadi 2,6 baravar oshgan. 2016 yilda byudjet daromadi 33,7 mln rubl bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilning o‘tgan 11 oyi davomida bu ko‘rsatkich 87,7 mln rublni tashkil qilgan. 2016 yilda 1803 nafar migrantga patent berilgan, 2019 yilda esa 2606 nafar patent sotilgan.
Qayd etilishicha, Rossiyaga asosan yaqin chegaraorti mamlakatlaridan kelishadi. Buryatiyada migrantlarning 80 foizi O‘zbekistondan kelgan migrantlardan iborat.
LiveBarchasi