Bursada o‘quv samolyoti qulab tushdi. Uchuvchilar halok bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Bursa shahrida o‘quv samolyoti halokatga uchradi. Oqibatda samolyot boshqaruvida bo‘lgan 2 kishi vafot etdi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bugun, 23 sentyabr kuni ertalab Bursaning Yenishehir tumanida sodir bo‘lgan dahshatli hodisada mashg‘ulot samolyoti qulab tushgan. Hodisa oqibatida samolyotda bo‘lgan uchuvchi instruktorlar halok bo‘lgan. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. 

Qayd etilishicha, tez yordam va o‘t o‘chirish brigadasi hamda politsiya guruhlari voqea joyiga yetib borgan. Rasmiylar hodisa sabablarini aniqlash uchun tergov boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariyada o‘quv parvozi vaqtida L-39 ZA jangovar o‘quv samolyotining qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bursa o'quv samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing