Turkiyada 10 qavatli bino butunlay yonib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 12 noyabrga o‘tar kechasi Turkiyaning Bursa shahridagi 10 qavatli biznes markazida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda NTV xabar berdi

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab markazning birinchi qavatida yuzaga kelgan yong‘in qisqa vaqt ichida butun binoni qamrab olgan. Alanga shahar hokimiyati o‘t o‘chirish brigadalari aralashuvidan keyingina bartaraf etilgan. Aniqlik kiritilishicha, yong‘in nafaqat binoning butun konstruksiyasiga, balki uning yonida turgan ikkita mashinaga ham ziyon keltirgan.

Dastlabki tergov ma’lumotlarida keltirilishicha, yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda binoda hech kim bo‘lmagan. Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Tegishli mutaxassislar esa yetkazilgan zarar miqdorini hisoblamoqda.

Voqea joyidan olingan yuuqoridagi kadrlarda alanga ko‘p qavatli binoning butun perimetri bo‘ylab tarqalib, eng yuqori qavatlariga qadar yetib borganini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Turkiya tergov Bursa biznes markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing