Bursada o‘zbekistonlik ayol 3-qavatdan yiqilib tushdi
3-sahifa
−
19 iyul 3835 1 daqiqa
Turkiyada 3-qavatdan tushib ketib, jarohat olgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respiblikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro Z.N. ishlash maqsadida Turkiya Respublikasining Bursa shahriga borgan vaqtida baxtsiz hodisaga uchrab, uchinchi qavatdan yiqilib tushgan.
Jabrlanuvchi zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam orqali shifoxonaga yotqizilgan.
Bildirilishicha, hodisa haqida xabar topgan Bursa shahridagi o‘zbekistonliklar ko‘ngilli ravishda navbatchilik tashkil etib, fuqaroning davolanishi va sog‘ayishiga yaqindan ko‘maklashgan.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamkorligida fuqaro Turkiyadan O‘zbekistonga muvaffaqiyatli qaytarilgan.
“Fuqaromizga beg‘araz yordam ko‘rsatgan, insonparvarlik va hamjihatlik namunasini ko‘rsatgan Bursa shahridagi ko‘ngilli hamyurtlarimiz hamda “O‘zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati”ga samimiy minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgandi.
Live
Barchasi