"Bunyodkor” stadioniga qarashli avtoturargoh o‘rniga “dom” va mehmonxona quriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida joylashgan “Bunyodkor” stadioniga qarashli avtoturargoh o‘rnida 2023-2025 yillarda  mehmonxona va ko‘p qavatli turar joy binosi quriladi. Bu haqda joriy yilning 3 iyulida qabul qilingan “Toshkent shahri Chilonzor tumanining sanoat salohiyati va investitsiya jozibadorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida qayd etilgan

Unga ko‘ra, avtoturargohning jami 5,5 gektar yer uchastkasida qiymati kamida 200 mln AQSH dollari bo‘lgan mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ko‘p kvartirali uylar va ko‘p qavatli avtoturargohni o‘z ichiga olgan zamonaviy ishbilarmonlik markazini qurish loyihasini amalga oshirish taklifi ma’qullangan. Mazkur taklif Toshkent shahar hokimligidan chiqqan.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan hukumat hamda poytaxt hokimligiga “Zamonaviy ishbilarmonlik markazini amalga oshirish uchun” yer uchastkasini loyiha tashabbuskorlariga o‘rnatilgan tartibda ajratish topshirilgan. Hujjatda loyiha tashabbuskorlari kim ekaniga aniqlik kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent stadion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing