“Bunyodkor” fan-klubi tarqatib yuborildimi? Aliyev javob berdi
Sport
−
05 mart
6254Kecha, 4 mart kuni Toshkentning “Bunyodkor” klubi direktori Murod Aliyev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda jamoa fan-klubi tarqatib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Murod Aliyevning o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston har bir professional klubining o‘z fan-klubi bor. Fan-klub jamoaning eng sodiq va eski muxlislaridan tuzilib, sevimli futbolchilarini har qanday holatda qo‘llab-quvvatlaydigan ishqibozlar jamoasi hisoblanadi.
“Fan-klub tarqatib yuborilmadi, shunchaki muxlislar jamoasida tarkib yangilandi. Fan-klubning avvalgi yetakchisi bilan xayrlashib, muxlislarga boshqa sardor tayinladik”, deydi Aliyev,
Aliyevga ko‘ra, “Bunyodkor” O‘zbekistonda boshlanayotgan yangi mavsumni fan-klubsiz o‘tkazishi haqiqatdan yiroq.
Qayd etish joiz, o‘tgan mavsum “qaldirg‘ochlar” uchun ancha og‘ir o‘tdi. Toshkent klubi o‘tgan mavsumni 30 ochko bilan 10-o‘rinda yakunladi.
LiveBarchasi