Bulung‘urda o‘quvchi qizlar mushtlashdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan 22- hamda 23-sonli umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Janjal joriy yilning 25 aprel kuni soat 16:30 larda Bulung‘ur tumani markazida joylashgan “Diyor” sport majmuasi maydonida yuz bergan. Mushtlashuv yuqoridagi ikki maktabning 8-sinf o‘quvchi qizlari bir-birlariga nisbatan turli haqoratli so‘zlar aytganligi oqibatida kelib chiqqan.

Holat Bulung‘ur tumani IIB tomonidan rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra ushbu holat maktablarning jamoalari hamda qizlarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda beshta qiz bir bo‘lib maktabdoshini kaltaklagandi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bulung'ur mushtlashuv o'quvchi qizlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing