Bulung‘ur kulchatoyi, kartoshkasi va pomidori patentlanishi kutilmoqda
Jamiyat
−
15 yanvar 2021 1 daqiqa
Bulung‘ur tumanining tashrif qog‘oziga aylangan “Bulung‘ur kulchatoyi”, “Bulung‘ur kartoshkasi” va “Bulung‘ur pomidori” yaqin kelajakda geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas’ullaridan iborat sayyor ishchi guruh Samarqand viloyatida bo‘lgan. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Bulung‘ur tumani hududiga xos bo‘lgan ushbu mahsulotlarning tarixiy shakllanishi, mahalliy an’ana va urf-odatlar bilan bog‘liqligi, ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, mahsulotlarning hudud bilan chambarchas aloqadorligini o‘rganishdan iborat bo‘lgan.
Ishchi guruh Samarqandga tashrifi davomida “Bulung‘ur kulchatoyi”, “Bulung‘ur kartoshkasi” va “Bulung‘ur pomidori” mahsulotlarini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bergan.
Bildirilishicha, ushbu mahsulotlarning huquqiy muhofazaga olinishi hudud brendini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatiga xos bo‘lgan “Sofi oshi” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.
Live
Barchasi