Buloqboshidagi GES to‘g‘onidan murda topildi
O‘zbekiston
−
30 Oktyabr 2019 6014 1 daqiqa
Shu yilning 28 oktyabr kuni soat 07:30 larda Andijon viloyatining Buloqboshi tumani "Baynalminal" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi "Janubiy Farg‘ona" kanalining 1-sonli GES to‘g‘onidan erkak kishining murdasi topildi. Bu haqda Postda nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz bo‘lgan murda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Azamat Satibaldiyevniki ekan.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro "yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya"dan o‘lgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr