Avstraliya sohillarida yarim asr oldin halokatga uchragan kema topildi
Bu qiziq
−
25 iyul
4666Avstraliya sohillarida 55 yil oldin halokatga uchrab, bedarak yo‘qolgan kema topildi. Bu haqda ABC nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1969 yili Avstraliyadan yo‘lga chiqqan, po‘lat olib ketayotgan kema kuchli bo‘ron sabab halokatga uchragan va suvostiga g‘arq bo‘lgan. Kema ichida 26 nafar ekipaj bo‘lgan, ulardan 21 nafari halok bo‘lgan, qolgan 5 nafari esa qutqarib olingan. Halokat sodir bo‘lgandan keyin kema qoldiqlari topilmagan. Ushbu voqea mamlakat tarixidagi eng katta avariyalardan biri sifatida qayd etilgan.
Kemaga tegishli bo‘lgan qoldiqlar ilk bor o‘tgan yili mahalliy aholi tomonidan topilgan. Bir necha kun avval rasmiylar Sidneydan 460 km shimolda joylashgan Sauzvest-Rok shahri yaqinida kema halokatga uchraganini aniqlagan va koordinatalar haqida xabar bergan.
Avvaliga qoldiqlar 55 yil avval cho‘kib ketgan kemaga tegishli ekani haqida shubha mavjud edi. Biroq o‘tgan oy Hamdo‘stlik ilmiy va sanoat tadqiqotlari tashkiloti (CSIRO) izlanishlar olib borish uchun hududga yuqori texnologiyali kema yubordi. CSIRO bayonotida cho‘kib ketgan kemaning joylashuv o‘rni va alomatlari bu 1969 yilida halokatga uchragan kemaning xuddi o‘zi ekanini tasdiqladi. U 170 metr chuqurlikda, buzilmagan va tik holatda topildi. Hozirda hududda o‘rganish ishlari olib borilib, fojia sabablari aniqlanmoqda.
LiveBarchasi