Onlayn qimorni reklama qilgan blogerlar javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bukmekerlik va qimor o‘yinlarini targ‘ib qilgan blogerlar jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, olib borilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan blogerlar o‘z sahifalarida bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan.

Xususan, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari orqali joylashtirilgan videoroliklar fuqaro Amirxon O‘tkir o‘g‘li Shamsiddinov (amirxon_uzbek) va fuqaro Doniyor Ma’ruf o‘g‘li Ilyosovga (donik_krash) tegishli ekani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan blogerlar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra, O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida onlayn qimorni o‘z Instagram sahifasida reklama qilgan bloger qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

bloger bukmekerlik Melbet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing