Buxorolik ayol o‘z “tanishi”ni pichoqlab qo‘ydi

3-sahifa

image

Buxoroda ayol o‘z “tanishi”ni pichoqlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar huzuridagi tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 2 yanvar tungi soat 00:52 larda 40 yoshli erkak Kogon shahar “Madaniyat” ko‘chasida istiqomat qiluvchi tanishi 35 yoshli ayolning uyiga kelib, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Shundan so‘ng ular mast holda o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib qolib, ayol jahl ustida qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan tanishining qorin sohasiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazadi. Oqibatda erkak Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga yotqiziladi.

Jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda jabrlanuvchi ayolga shilqimlik qilishi oqibatida o‘zaro janjallashib qolgani ma’lum bo‘lgan. Ular bir-birini haqorat qilayotgan paytda qo‘shni xonadan ayolning turmush o‘rtog‘i kelib xotinini himoya qilish maqsadida janjalga aralashgan.

Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda erkak tanishini shisha idishi bilan urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinoyat Buxoro shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing