Toshkentda erkak tanishini shisha idish bilan urib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida mast erkak o‘z tanishini shisha idish bilan urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 7 yanvar kuni soat 11:00 da Shayxontohur tumanida fuqaro S.R. xonadonida uning tanishi K.A. o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Xonadon egasi S.R. tanishining boshiga qo‘lidagi shisha idish bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda K.A. tez tibbiy yordam kelguniga qadar “bosh chap tomon chakka sohasi tan jarohati” bilan hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.R. gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, ayblanuvchining uyiga kelgan mehmon uning rafiqasini haqorat qilgani erkakning nafsoniyatiga teggani asniqlangan. Oqibatda u mazkur jinoyatni sodir etgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda erkak o‘ziga tanish bo‘lgan ayolni kaltaklashi oqibatida ayol vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qotillik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing