Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

Buxorodan Toshkentga yo‘lga chiqqan avtobus halokatga uchradi. Haydovchi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 aprel kuni Buxoro viloyatidan Toshkent shahriga yo‘lga otlangan “All Comfort Buss” MCHJga tegishli bo‘lgan avtobus halokatga uchradi. “All Comfort Buss” MCHJ QALAMPIR.UZ’ga holatni tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, voqea oqibatida avtobus haydovchisi vafot etgan. Holat aynan qaysi hududda sodir bo‘lgani ochiqlanmadi.

“Yo‘lovchilarning ahvoli yaxshi. Jabrlangan fuqarolarga biz tomonimizdan kerakli yordamlar ko‘rsatildi va ko‘rsatilmoqda. Bir nafar fuqaro shifoxonaga joylashtirildi”, dedi QALAMPIR.UZ bog‘langan MCHJ xodimi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Avtobusda jami 30 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Mas’ullarning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida vafot etgan haydovchi oilasiga yordam ko‘rsatiladi.

Voqeaning boshqa tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprel kuni Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus 3 ta mashina bilan to‘qnashib ketgandi. YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Buxoro All Comfort Buss

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing