Buxorodan Moskvaga uchgan samolyot favqulodda Samaraga qo‘ndirildi
Jamiyat
−
03 dekabr 2019
6689“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Buxoro-Moskva yo‘nalishida parvoz qilgan samolyoti Samaraning “Kurumoch” aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi. Bunga O‘zbekiston fuqarosi J.Sh.ning salomatligi yomonlashgani sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligi xabar bermoqda.
Voqea kecha, 2 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Samolyot qo‘ngach, fuqaroning salomatligi yaxshilangan va u shifoxonaga yotishdan bosh tortgan.
Bosh konsullik xodimlari u bilan bog‘langan. Fuqaro hozir o‘zini yaxshi his etayotgani, boshqa transport orqali manzilga bormoqchi ekanini aytgan.
LiveBarchasi