Buxorodagi mayning ferma 1,2 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
15 fevral 5344 1 daqiqa
Buxoro viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.H. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
“Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 271 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlangandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.