Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan vafot etgani aytilmoqda (video)
3-sahifa
−
19 aprel
11468Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi xususiy lor klinikasida voyaga yetmagan 13 yoshli bemor bolaga dori vositalarining hech qanday nojo‘ya ta’siri bor yoki yo‘qligini sinab ko‘rmasdan ukol qilinishi oqibatida vafot etgani haqida videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, viloyat markazida joylashgan “EndoLOR” xususiy tibbiyot muassasasida tibbiy muolaja olgan 11 yoshli I.M. ismli bola haqiqatdan ham vafot etgan. Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda mas’ul shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tarmoqlarda sizdirilgan xabarlarda marhum bola sportchi bo‘lgani, qulog‘i og‘rib otasi bilan klinikaga murojaat qilgani, otasi ovqat olib kelishga ketganida shifokorlar bolani majburan olib kirib ketib, ukol qilgani iddao qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan 28-maktabning 3-sinf o‘quvchisi quduqqa tushib ketib, vafot etgandi.
LiveBarchasi