Buxorodagi “Geofizika ekspeditsiyasi” korxonasi yana alanga ichida qoldi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan “Geofizika ekspeditsiyasi” korxonasida yana yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 iyun kuni soat 12:37 da Kogon tuman “Geofizika” MFY hududida joylashgan “Geofizika ekspeditsiyasi” korxonasi binosida yong‘in chiqqan. Yong‘inni o‘chirish uchun voqea joyida jami 6 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlaridan foydalanilgan. O‘t o‘chirish guruhi voqea joyiga soat 12:43 da yetib borib, yong‘in soat 13:16 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida binoning 40 metr kvadrat maydonda tom osti yog‘och qurilmalari yongan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari hali aniqlanmagan. Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni mazkur korxonada yong‘in sodir bo‘lgan edi. Unda ham binoning 4-qavatidagi 50 metr kvadrat maydonda tom osti yog‘och qurilmalari yongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Geofizika ekspeditsiyasi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing