Buxorodagi “ajal charxpalagi”ning videosi tarqaldi. Hokimiyat izoh berdi
Jamiyat
−
06 mart
94558Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro parklaridan birida joylashgani aytilayotgan “ajal charxpalagi” deb atalgan nosoz holdagi attraksion tasvirlari tarqalib, ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.
Buxoro shahar hokimligi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, shaharda o‘rindiqlari teshik bo‘lgan charxpalak attraksioni borligi haqidagi xabarlar mutlaqo yolg‘on.
Shuningdek, shahar hokimligi Buxorodagi parklarda bunday nosoz holdagi attraksionlar, xususan, nosoz holdagi charxpalak mavjud emasligini qo‘shimcha qilgan. Hokimlik Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘idan o‘rin olgan charxpalak suratlarini ilova qilgan.
"Ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan va yolg‘on ma’lumotlar tarqatmasliklarini so‘raymiz. Aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud", deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov