Buxorodagi avtoturargohda 3 ta avtomobil yonib ketdi
3-sahifa
−
12 may 2025 6947 1 daqiqa
Bugun, 12 may kuni Buxoro shahridagi avtoturargohda Lacetti, Captiva va Nexia avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:45 da Buxoro shahar “Fitrat” MFY Mirakon ko‘chasida joylashgan avtoturargohda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar tushgan. Voqea joyida 3 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilingan. Yong‘in oqibatida Lacetti, Captiva va Nexia-2 rusumli avtomobillari qisman yongan. Voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 11:50 da yetib borib, soat 12:02 da batamom o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Damas va Cobalt avtomobillari yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025