Buxorodagi 7 ta madaniy meros ob’ektini UNESCO ro‘yxatiga kiritish harakati boshlandi

Jamiyat

image
“Nasriddin Afandi latifalari”ni UNESCO ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi north_east

“Nasriddin Afandi latifalari”ni UNESCO ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi

Buxorodagi yana 7 ta madaniy meros ob’ektlari UNESCO`ning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Viloyatda joylashgan madaniy meros ob’ektlarini UNESCO`ning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar institutini jalb qilgan holda “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi va Qayroqum yo‘nalishi” chegeralararo obidalari qatorida Buxoro viloyatida joylashgan Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi, Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura ob’ektlari, qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlarini UNESCO`ning Umumjaxon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha, xalqaro mezonlar asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda.

Bu esa UNESCO`ning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlar sonining ortishiga va respublikaga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ko‘payishiga olib keladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Buxoro viloyatida 829 ta moddiy madaniy meros ob’ektlari davlat muhofazasiga olingan. Shundan, 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 507 tasi arxitektura ob’ektlari, 17 tasi monumental san’at hamda 18 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti UNESCO`ga1993 yilda a’zo bo‘lib, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya 1995 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konvensiya doirasida Xiva shahridagi “Ichan-qal’a”, “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” ob’ekti, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari hamda Chotqol biosferasi (tabiiy meros) Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

madaniy meros UNESCO

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing