“Nasriddin Afandi latifalari”ni UNESCO ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi
Jamiyat
−
09 iyul 2020
8504“Nasriddin Afandi latifalari”ni UNESCO`ning insoniyatning Nomoddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi. Bu haqda "Avesta" Tojikiston Madaniyat vazirligiga tayanib xabar berdi.
Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston “Nasriddin Afandi latifalari”ni UNESCO`ning insoniyatning Nomoddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish taklifi bilan chiqdi.
Shunigngdek, O‘zbekiston, Tojikiston va O‘zbekiston “Rubob” cholg‘u asbobini UNESCO`ning insoniyatning Nomoddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritishni taklif qilgan.
Nasriddin Afandi yoki “Xo‘ja Nasriddin” XIII-asrdan beri O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq, Xitoy, Kavkazorti va Bolqonda tarqalgan latifalar, rivoyatlar va ertaklardagi hajviy xarakterdir.
Nasriddin Afandi haqiqatan ham mavjud bo‘lgan yoki yo‘qligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, ammo tarixchilar va yilnomachilar uning kelib chiqishining bir nechta versiyasini keltiradilar. Ulardan biriga ko‘ra, uning vatani Buxoro, boshqasiga ko‘ra u umuman Xitoyda tug‘ilgan. Ammo bularning barchasi ko‘pgina mamlakatlarda uning sharafiga yodgorlik o‘rnatilishiga xalaqit bermadi.
Avvalroq, “Lazgi” raqsi UNESCO`ning insoniyatning Nomoddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgandi. Ushbu ro‘yxatga “Baxshichilik” san’ati va etnik sport turlarini ham kiritish harakati boshlangan.
LiveBarchasi