Saida Mirziyoyeva UNESCO bosh direktori bilan uchrashdi
Jamiyat
−
18:40 490 1 daqiqa
Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva UNESCO bosh direktori Holid al-Ananiy bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, uchrashuvda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Bosh konferensiyaning 43-sessiyasida erishilgan kelishuvlarning amaldagi ijrosi muhokama qilingan.

“Inson kapitali, sun’iy intellekt va kreativ industriyalarni rivojlantirish, xotin-qizlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash hamda madaniy asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratdik”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Prezident Administratsiyasi rahbariga ko‘ra, UNESCO bosh qarorgohidagi har bir uchrashuv strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida 2025 yil 30 oktyabrdan 13 noyabrgacha BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasining qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi.
Live
Barchasi