UNESCO O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan rezolyutsiyani ma’qulladi

Jamiyat

image

UNESCO Ijroiya kengashining 217-sessiyasida O‘zbekiston tashabbusi asosida ishlab chiqilgan "Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni munosabati bilan Toshkent deklaratsiyasi" rezolyutsiyasi bir ovozdan ma’qullandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yordamchisi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, rezolyutsiyada 2022 yil sentyabrda Toshkent shahrida UNESCO bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan konferensiyaning ahamiyati yuqori baholangan.

“Mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi – O‘zbekistonda fuqarolarning so‘z erkinligi va axborotdan foydalanish huquqlarini ta’minlash bo‘yicha islohotlar jarayonida erishilgan yutuqlar xalqaro darajada e’tirof etilayotganining navbatdagi ifodasidir. Hujjatni tayyorlashda hammuallif sifatida ishtirok etgan barcha hamkorlarimizga minnatdorlik bildiramiz va barcha hamkasblarni ushbu muhim voqea bilan tabriklaymiz”, deydi Mirziyoyeva.

Hujjatga 20 ta davlat hammualliflik qilgan: Andorra, Jazoir, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Quvayt, Misr, Marokash, Suriya, Sudan, Tunis, Falastin, Palau, Shri-Lanka, Vengriya, Livan, Liberiya, Zimbabve va Chili .

Toshkent deklaratsiyasi 2022 yil sentyabr oyida “Sun’iy intellekt, elektron hukumat va axborotga kirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya yakunlanganidan so‘ng qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

UNESCO Toshkent deklaratsiyasi axborotdan erkin foydalanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing