O‘zbekistonning UNESCO'dagi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Kamol Muxtorov O‘zbekistonning UNESCO'dagi doimiy vakili etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, u allaqachon Parijga yetib borgan va o‘z vazifasini bajarishga kirishgan.

Ma’lumot uchun, Kamol Muxtorov 42 yoshda. U Samarqand davlat universiteti va London Diplomatiya akademiyasini tamomlagan. 2007 yildan boshlab u Investitsiya, sanoat va savdo, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019 yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonning UNESCO'dagi oldingi vakili Umid Shodiyev O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston UNESCO Kamol Muxtorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing