Qatar amirining onasi UNESCO’dagi lavozimidan voz kechdi
Olam
−
16 noyabr 2023
9764Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning onasi Shayxa Moza bint Nosir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO)ning yaxshi niyat elchisi lavozimidan ketishga qaror qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Shayxa Moza bu qarorini kecha, 15 noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Falastin uchun yagona yurak” birinchi xonimlar sammitida ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, Yaqin Sharqdagi keskinlik sharoitida UNESCO G‘azo sektoridagi bolalarni qutqarish va ularga yordam berish bo‘yicha o‘z vazifasini bajarmagan.
Ma’lumot uchun, Shayxa Moza bint Nosir 2003 yildan buyon global ta’limni qo‘llab-quvvatlashda BMT bilan hamkorlik qilib keladi. U UNESCO'ning asosiy va oliy ta’lim bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib, bir nechta loyihalarni, shu jumladan Iroqdagi xalqaro oliy ta’lim jamg‘armasini tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda bo‘lib o‘tgan sammitda Senegal Prezidenti Maki Saning rafiqasi Mariyeme Faye Sall, Malayziya qirolichasi Tunku Aziza Aminah Maymunah Iskandariya, O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva, Kongo Respublikasi Prezidentining rafiqasi Antuanetta Sassu-Ngesso, Bangladesh Prezidentining rafiqasi Rebeka Sultona, Bosniya i Gersegovina Prezidentlik kengashining xorvat a’zosi Jelko Komshichning rafiqasi Sabina Komshich, Livan Bosh vazirining rafiqasi May Mikati, Shotlandiya mintaqaviy bosh vaziri Hamza Yusufning rafiqasi Nadiya Al-Nakla, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybening rafiqasi Omina Ali Muhammad Al-Shavush Al-Dilaviy, Falastin maxsus vakili Ferial Kamel Abdalrahmon Salim, Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid an-Nahyonning rafiqasi Shayxa Alyazia bint Saif Al Nahayon, Misr rejalashtirish va iqtisodiy rivojlanish vaziri Hala Alsaid va turkmanistonlik diplomat Chinor Rustamova ishtirok etdi.
LiveBarchasi