Buxoroda zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyul kuni Buxoro viloyatida 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 6 iyul kuni soat 00:25 (grinvich bo‘yicha 19:25) da Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida joylashgan. Uning koordinatalari 40,36 gradus shimoliy kenglik 63,27 gradus sharqiy uzunlikka ega.

Shuningdek, zilzila magnitudasi 3,4 ballga, chuqurligi 15 kilometrga teng. Yer qimirlashining epimarkazi Toshkentdan 510 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing