Buxoroda “zapravka”lar yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 18 fevral kuni soat 06.00dan boshlab Buxorodagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Buxoro viloyat hokimligi ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, shu kunlarda O‘zbekistonda kuzatilayotgan sovuq havo oqimi, shuningdek, kuchli yomg‘ir va shamol sabab yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelmoqda va gaz haydash agregatlari faoliyatida uzilishlar ro‘y bermoqda. 

Gaz bosimining kamayishini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash belgilangan.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatidagi o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda havoning keskin sovishi ortidan yaqin orada metan “zapravka”lar ish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Buxoro zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing