YPX xodimlari nega bosh shifokorning hujjatlarini yirtib tashladi?

Jamiyat

image

Bugun, 8 aprel kuni AOKA shtabida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirok etdi.

Brifing davomida fuqarolardan turli savol va murojaatlar keldi. Murojaatlardan biri Buxoro viloyatidan yuborilgan bo‘lib, uning muallifi bosh shifokor bo‘lib ishlashi, ishga ketish vaqtida avtomobilini to‘xtatgan YPX xodimlari qator hujjatlarini yirtib tashlagani aytilgan.

“Men Buxorodagi tuman tibbiyot birlashmasida shifokor bo‘lib ishlayman. Bugun menga YPX xodimlari shaxsiy mashinamdan foydalanmay ishga borishimni aytishdi. Ish joyimdan ma’lumotnoma bilan mehnat daftarchasi nusxasini ko‘rsatsam, yirtib tashladi. Bu qanchalik to‘g‘ri?”, deyiladi murojaatda.

“Bu – noto‘g‘ri! Birinchidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnomalar talab etilmasligi aniq belgilab berilgan”, dedi bu voqeaga munosabat bildirar ekan G‘aybullo Primov. 

Bunga asos sifatida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar Ro‘yxatining 1-bandi keltirilgan.

“Ikkinchidan, vaqtinchalik tartib viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlanishni cheklaydi. Tuman yoki qishloqqa taalluqli emas”, dedi rasmiy vakil.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Buxoro

Baholaganlar

2354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing