Buxoroda YPX xodimini videoga olib, tarqatgan shaxslar jazolandi
3-sahifa
−
14 dekabr 2023
10018Buxoroda yo‘l harakati xavfsizligi xodimini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ikki nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, YPX xodimi xizmat mashinasida o‘z vazifasini bajarayotgan vaqtida uning ortidan harakatlanayotgan boshqa bir avtomobil ichidagi fuqarolar inspektorni qoidabuzarlikda ayblab, to‘xtatgan. Shundan so‘ng, ular inspektorni savolga tutib, videoga olgan. Holatni anglay olmagan xodimni go‘llikda aylab, uning sha’niga qo‘pol so‘zlar ham ishlatgan. Ular ushbu videoni qoidabuzar inspektor mazmunida ijtimoiy tarmoqqa tarqatgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi tomonidan ushbu sud ishi ko‘rib chiqilib, inspektor qoidani buzmagani aniqlangan. Ikki fuqaroga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan BHMning 20 baravari (6,8 million so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi