Buxoroda yigitining ishqiy mazmundagi videosini tarqatish bilan qo‘rqitgan qiz ushlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoro shahrida yigiti bilan ishqiy munosabati aks etgan videoni uning oila a’zolariga oshkor qilish bilan qo‘rqitib, 5 ming dollar pul talab qilgan qiz ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro shahrining “Varaxsha” mahallasida yashovchi 19 yoshli qiz Kogon tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, ya’ni o‘zi bilan ishqiy munosabatlarga kirishgani aks etgan videotasvirlarni uning yaqin qarindoshlari – oila a’zolariga oshkor qilish va huquq-tartibot organlariga murojaat qilish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan.  

Joriy yilning 13 noyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahrining To‘qimachilik bozori oldida ushbu shaxs 5 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida sevgan qizini uyatsiz rasmlarini kanallarda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro “Varaxsha”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing